“Täze Aý” korxonalar guruhi - kolbasa, shirinliklar va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik korxonalardan biri bo'lib, jami 500 ga yaqin oziq- ovqat mahsulotlarini tayyorlaydi. Ishlab chiqarish obyektlari xalqaro oziq-ovqat sifati va xavfsizligi standartlari talablariga muvofiq sertifikatlangan. Korxonalarda ISO 9001:2015 talablariga javob beradigan sifat menejmenti tizimi va ISO 22000:2018 talablariga javob beradigan oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi mavjud bo‘lib, u zavodlarning har biri uchun muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi bilan tasdiqlanadi.
"Täze Aý" brendi pechenye, vaflilar, kekslar, tortlar, muzqaymoq, sut mahsulotlari, kolbasa, sosiska va yarim tayyor go'sht mahsulotlari kabi keng turdagi mahsulotlarni o'z ichiga oladi.
«Bizning professionalligimiz va muvaffaqiyatimiz asosi - yuqori malakali mutaxassislar va zamonaviy uskunalardir,» - deyishadi korxonalarda. Bular ishlab chiqarishning to‘liq siklini amalga oshirish va jarayonning barcha bosqichlarida ishlab chiqarishni sinchkovlik bilan nazorat qilish imkonini beruvchi tarkibiy qismlardir.
"Täze Aý" savdo belgisi bilan ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar ISO 9001: 2015 xalqaro sifat standartlari va ISO 22000:2018 IFS oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish standartlariga muvofiq sertifikatlangan. Bu esa mahsulotlarimizning doimo yuqori sifatli bo‘lishini va ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalardan xavfsiz foydalanishni kafolatlaydi.
"Täze Aý" mahsulotlarining ishlab chiqarilishi uchta ustunga asoslanadi: odamlar, mahsulotlar, an’analar. Ular an’analarni asrab, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. "Täze Aý" korxonalarida o‘z ishini sevadigan yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi.
“Mazali va foydali mahsulot yaratish uchun yuqori sifatli xomashyoni yetkazuvchi ishonchli hamkorlarni topish yo‘lida ko‘p mehnat qilinadi..”
“Biz mijozlarimizning istaklariga quloq tutamiz. Shu sababli, assortiment doimiy ravishda yangilanmoqda va dizayn takomillashtirilmoqda. Biz allaqachon tanilgan brendlarni chiqarish bilan bir qatorda, doimiy ravishda yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirmoqdamiz..”
“Har qanday qadoqqa, ichida haqiqatdan ham mazali mahsulot saqlagan hatto eng kichik konfet qadog'iga qanday mas'uliyat yuklanishini biz yaxshi tushunamiz. Shuning uchun shtatdagi dizaynerlar qadoqning tashqi ko‘rinishi yuqori sifatli ichki mahsulotga mos kelishi uchun doimiy ravishda mehnat qilishadi."”
“Odamlar o‘z ishini sevadi, korxona esa 1705 nafar ishchining har birini sevadi. Yuqori ish haqi, sexlarda ham, kabinetlarda ham eng qulay ish joyi va boshqa ko‘p narsalar - halol mehnat va ishga ijodiy yondashuv uchun munosib haqdir.”